Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lvovdagi turarjoy binosida snaryad portladi
Ukrainaning Lvov shahridagi aholi turarjoylaridan birida Ikkinchi jahon urushiga tegishli snaryad portladi, deb xabar qilmoqda «112 Ukraina» telekanali. Jangovar qurol saqlangan xonadonda istiqomat qilgan odam halok bo‘lgan.
Grinchenko ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda saqlangan snaryad 6 noyabr, yakshanba kuni portlab ketgani oqibatida to‘rtinchi va oltinchi qavatlar to‘siqlari qisman vayron bo‘lgan.
«Xonadonda 33 yoshli erkakning jasadi topilgan. Portlash vaqtida uning onasi ham xonadonda bo‘lgan, ammo u jabrlanmagan», — degan Milliy politsiya viloyat boshqarmasi spikeri Svetlana Dobrovolskaya.
Lvov shahri meri Andrey Sadovoyning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan inson uyida o‘q-dorilarni yig‘ish va saqlash bilan shug‘ullangan.
Mavzuga oid
08:58
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:51
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
10:05 / 18.06.2026