Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York hukumati tadbirkorni Eronga nisbatan sanksiyalarni buzganlikda ayblamoqda
Nyu-York shtati janubiy okrugi prokuraturasi Turkiya va Eron fuqaroligiga ega bo‘lgan tadbirkor Muhammad Zarrobga sirtdan ayblov e'lon qildi. U Vashington tomonidan Eronga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni aylanib o‘tishda gumon qilinmoqda. Bu haqda, prokuratura bayonotida so‘z yuritilgan.
Hujjatga ko‘ra, Zarrob "AQSh moliya tizimidan ko‘magida Eron hukumati va ushbu mamlakatning boshqa tuzilmalari foydasiga millionlab dollar mablag‘ o‘tkazgan. Bu esa AQSh sanksiyalari bilan taqiqlangan edi". Shu bilan birga, u "yuqorida qayd etilgan noqonuniy pul o‘tkazmalari vositasida daromadlarini yashirgan".
Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, 3 nafar gumashtasi bo‘lgan. Shulardan biri, tadbirkorning akasi Rizo Zarrob AQShning Florida shtati Mayami shahrida mart oyida qo‘lga olingan. Unga ham ukasi ilgari surilgan ayblob e'lon qilingan. Ayni vaqtda, Muhammad Zarrob va qolgan ikki kishi qidirilmoqda.
Gumondorlarning aybi tasdiqlansa, ularga 30 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.