Jahon | 08:14 / 08.11.2016
8887
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Obama saylovlardan keyin FQB rahbarini o‘z lavozimidan bo‘shatmoqchi

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Barak Obama prezidentlik saylovlaridan keyin Federal qidiruvlar byurosi rahbari Jyeyms Komini ishdan bo‘shatmoqchi. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Daily Mail nashri xabar bermoqda

Komini o‘z lavozimidan bo‘shatishni Obamaga uning bosh maslahatchisi Valeri Jarrett maslahat qilgan. Obama va Jarrett bir necha kun davomida FQBning amaldagi rahbarini o‘z lavozimidan qanday qilib qonuniy ravishda chetlatish mumkinligini muhokama qilishgan. 

Ta'kidlanishicha, Jarrett Obamani u Komini "prezidentlik saylovlari borishiga o‘ylanmagan holda aralashgani" uchun olib tashlay olishiga ko‘ndirgan. Jarrett shu bilan birga Obamani bu masala kongressning ikki partiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishiga ishontirgan. 

Biroq Komining ishidan bo‘shatilishining aniq sanasi, uning ishdan olinishini kim – prezident yoki bosh prokuror e'lon qilishi noma'lum. Shu ma'lumki, bu yangi prezident saylovlari yakunlangandan keyin amalga oshiriladi.

Avvalroq Komi uning xodimlari AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonning oktabr oxirida topilgan yangi maktublarida davlat ahamiyatidagi maxfiy ma'lumot topisha olmaganini ma'lum qilgandi. 

 

Mavzuga oid