Jahon | 07:26 / 08.11.2016
3903
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya va AQSh Raqqada o‘zaro harakatlanishga kelishib oldilar

Foto: © Ismail Coskun, IHA via AP

Turkiya va AQSh Suriyaning Raqqa shahrini jangarilardan ozod qilish bo‘yicha birgalikdagi rejani kelishib oldilar. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari generali Jozef Danfordga iqtibos keltirgan holda CNN Turk xabar bermoqda.  

"Turkiya va AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Raqqani ozod qilish, uni ushlab turish va boshqarish bo‘yicha uzoq muddatli rejani amalga oshiradi", deb aytgan general.

Ta'kidlanishicha, Danford 6 noyabrda Ankaraga tashrif buyurib, u yerda turkiyalik hamkasbi, Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Xulusi Akar bilan uchrashgan. Muzokaralar vaqtida Raqqani ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlangandan keyin undagi vaziyat muhokama qilingan.  

"Suriya demokratik kuchlari" qurolli koalitsiyasi AQSh harbiy-havo kuchlari ko‘magida 6 noyabrda IShID jangarilarining Suriyadagi poytaxti bo‘lgan Raqqani ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlashdi. Turkiya avval bu operatsiyada kurd kuchlarining ishtirok etishiga keskin qarshi chiqqandi. "Suriya demokratik kuchlari"ning negizini aynan kurd tuzilmalari tashkil qiladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid