Jamiyat | 21:58 / 08.11.2016
7859
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Turkmaniston madaniyat kunlari boshlandi

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 noyabrdagi topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekistonning Toshkent va Buxoro shaharlarida joriy yilning 7-11 noyabr kunlari Turkmaniston madaniyat kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif dasturiga asosan, Turkmaniston madaniyat vaziri o‘rinbosari Atageldi Shamuradov boshchiligidagi 47 nafar kishidan iborat Turkmaniston delegatsiyasi 7 noyabr kuni Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishdi.

8 noyabr kuni esa Turkmaniston delegatsiyasi vakillarini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining madaniyat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Fotih Djalalov qabul qildi.

Shu kunning o‘zida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida Turkmaniston madaniyat kunlarining ochilish tantanasi o‘tkazildi. Ochilish tananasida Turkmaniston madaniyati va san'ati namoyondalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid