Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: Amerikada yangi davr boshlandi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Donald Trampning AQSh prezidentligiga saylanishi mamlakatda yangi davr boshlab berishi haqida aytib o‘tdi. U bu hodisa Yaqin Sharqdagi vaziyat barqarorlashuvi omili bo‘lishiga umid bildirgan.
"Amerikada yangi davr boshlandi. Istardimki, bu saylov amerikaliklarga farovon kelajak, muvaffaqiyat, shuningdek, huquq va erkinlik, demokratiya va bizning mintaqamizga tinchlik olib keladi", — degan Erdo‘g‘an Istanbulda tadbirkorlar bilan uchrashuvi chog‘ida.
Respublikachilar nomzodi Donald Tramp AQSh prezidentligi uchun saylovda muddatidan oldin g‘alaba qozondi. Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton Trampga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z mag‘lubiyatini tan olib, uni tabrikladi.
Mavzuga oid
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025