Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodorkovskiy Trampning g‘alabasi haqida: neft narxining pasayishiga tayyor turing
Foto: © AFP
"YuKOS"ning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy AQShdagi saylovlarda Donald Trampning g‘alaba qozonishiga munosabat bildirdi.
"Odamlar targ‘ibotdan ko‘ra ko‘proq narsani hal qiladigan joydagina mo‘'jiza yuz berishi mumkin. O‘zimizga ham shuni tilayman", - deb yozdi u o‘zining Twitter'dagi sahifasida.
Xodorkovskiy saylovlardagi bunday natijaning iqtisodiy xavfi, xususan neft bahosining tebranishiga ishora qildi.
"Putinning tarafdorlari Trampning g‘alabasini xohlashgan edi. Mana u g‘olib ham bo‘ldi. Dastavval neft narxining pasayishiga "qo‘l qo‘ying" va Reyganni yodga oling (Reygan doktrinasi nazarda tutilmoqda, uning natijasida neft narxining keskin pasayishi kuzatilgan va sovet iqtisodiyotiga putur yetkazgan)", - deb yozdi u.
Mavzuga oid
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025
Tramp Putin bilan bo‘lajak suhbati haqida ma’lum qildi
11:50 / 30.08.2025