"YuKOS"ning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiy AQŞdagi saylovlarda Donald Trampning ğalaba qozonişiga munosabat bildirdi.
"Odamlar tarğibotdan köra köproq narsani hal qiladigan joydagina mö'jiza yuz berişi mumkin. Özimizga ham şuni tilayman", - deb yozdi u özining Twitter'dagi sahifasida.
Xodorkovskiy saylovlardagi bunday natijaning iqtisodiy xavfi, xususan neft bahosining tebranişiga işora qildi.
"Putinning tarafdorlari Trampning ğalabasini xohlaşgan edi. Mana u ğolib ham böldi. Dastavval neft narxining pasayişiga "qöl qöying" va Reyganni yodga oling (Reygan doktrinasi nazarda tutilmoqda, uning natijasida neft narxining keskin pasayişi kuzatilgan va sovet iqtisodiyotiga putur yetkazgan)", - deb yozdi u.

















