Jahon | 14:11 / 09.11.2016
5547
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda o‘tadigan referendumda 2,8 mln. dan ziyod fuqaro qatnashadi

Foto: © RIA Novosti

Qirg‘iziston davlat ro‘yxatga olish xizmati mamlakat Markaziy saylov komissiyasida davlat konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha o‘tadigan referendumda qatnashadigan 2,813 million saylovchining ro‘yxatini taqdim etdi. Bu haqda mamlakat ro‘yxatga olish xizmati matbuot xizmatiga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

"Respublika qoshidagi Davlat ro‘yxatga olish xizmati Markaziy saylov komissiyasiga saylov va o‘tkaziladigan referendumda qatnashadigan 2 million. 813 ming 255 nafar saylovchining ro‘yxatini taqdim etdi. Referendum bo‘yicha saylov uchtaskalari komissiyasi 2,365 tani tashkil etmoqda", — deyiladi tashkilot xabarida.

Ro‘yxatga olish xizmati ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning noyabr oyida Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan saylovda 6 million fuqarodan saylovchilar miqdori 2,76 millionni tashkil etgan edi. Ular biometrik ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan 1,6 mln nafari saylovda ishtirok etgan. Ayni damda fuqarolarning biometrik ma'lumotlarini olish davom etmoqda.

Mamlakat paralamentining qaroriga ko‘ra, 11 dekabr kuni umumxalq referendumi bilan birga mahalliy hokimiyat vakillarining saylovi ham bo‘lib o‘tadi.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid