Sport | 07:40 / 09.11.2016
16507
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu Nike bilan antiqa shartnoma imzoladi

Madridning "Real" futbolchisi Krishtianu Ronaldu Nike kompaniyasi bilan umrbod reklama shartnomasini imzoladi.

TMZ portali ma'lumotlariga ko‘ra, shartnomaning moliyaviy tafsilotlari oshkor qilinmaydi, biroq bitim qiymati amerikalik basketbolchi Lebron Jyeyms bilan bo‘lganidek, 1 mlrd dollargacha yetishi mumkin. Jyeyms yaqinda Nike bilan umrbod reklama shartnomasini imzolagan.

Nike o‘zining YouTube’dagi rasmiy kanalida Ronaldu shartnomaning imzolanganini shaxsan o‘zi e'lon qilgan va sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi bu kompaniya u uchun dunyodagi eng yaxshisi ekanini aytgan videoni joylashtirdi.
 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid