Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin prezidenti Tramp o‘ziga o‘xshashini aytdi
Foto: © RIA Novosti
Filippinning so‘kong‘ich prezidenti Rodrigo Duterte AQSh prezidenti saylovida g‘olib chiqqan Donald Tramp va o‘zi o‘rtasida o‘xshashlik borligini qayd etdi.
Filippinliklar yetakchisining aytishicha, u va Tramp ba'zi masalalarga bir xil yondashadi.
«Biz ikkimiz ham so‘kinishni yoqtiramiz. Biron pastkashlikni ko‘rdikmi, biz darhol so‘kishga tushamiz. Biz bir xilmiz», — deya Dutertening so‘zlarini keltirgan CNN.
Rodrigo Duterte amerikaliklarning hozirgi prezidenti Barak Obamani haqoratlab so‘kong‘ich prezident sifatida mashhurlashgandi. Keyin u boshqa siyosatchilar va atoqli arboblar haqida ham xunuk so‘zlar aytdi. Keyinroq Duterte xudoga so‘kinishni bas qilishga va'da berganini aytdi.
Mavzuga oid
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025
Tramp Putin bilan bo‘lajak suhbati haqida ma’lum qildi
11:50 / 30.08.2025