Jamiyat | 12:55 / 10.11.2016
19714
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: 50 ming xitoylik ijrosida sinxron raqs

Foto: Reuters

Xitoyning 14ta shahridan bo‘lgan pensionerlar mamlakat aholisi sog‘ligi va farovon turmush tarziga jamoatchilik e'tiborini qaratish uchun Chuntsin shahrida keng miqyosli tadbir o‘tkazdi. The Daily Mail nashrining xabar berishicha, bu aksiya shahar maydonlarida ommaviy sinxron raqsga tushish orqali tashkil etilgan.

Jami bo‘lib ushbu tadbirda 50 ming kishi ishtirok etgan va bir vaqtda raqs tushuvchilar soni bo‘yicha dunyo rekordi o‘rnatilgan.

Qolaversa, tadbir ishtirokchilari maydonlarga bir xil rangdagi liboslarda chiqib kelishgan. Suratlardan ko‘rish mumkinki, tadbirlarda asosan ayol kishilar ishtirok etgan.

 

Mavzuga oid