24 fevral kuni tongida «Yuysinou» (Çuntsin-Sintszyan-Yevropa) xalqaro temir yöl marşruti orqali Çuntsindan yuborilgan kemalar partiyasi Özbekistonga yetib keldi. Bu haqda «Jenmin jibao» gazetasi xabar bergan.

Bu Xitoydan Özbekistonga şunday tipdagi mahsulotning temir yöl orqali yuborilgan ilk partiyasi böldi.

Manba ma'lumotiga köra, Xitoyning Özbekistonga taqdim etgan bu yordami «Bitta mintaqa, bitta yöl» milliy dasturi doirasida yetkazildi. Bu kemalar Özbekistondagi kanallarni tozalaşda qöllanadi. Bunday kemalardan jami 20tasi keltirilişi közda tutilgan. Kemalar 5ta partiya orqali yetkazilişi belgilangan, birinçi partiyada 3ta kema keltirilgan.