Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO O‘rta yer dengizida yangi operatsiya boshladi
NATO O‘rta yer dengizida harbiy-dengizdagi joylashuvini kuchaytirish bo‘yicha "Dengiz qo‘riqchisi" (Sea Guardian) deb nomlangan operatsiyani boshladi. Bu haqda NATO xabarida aytilgan.
"Bugun NATO O‘rta yer dengizida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha ""Dengiz qo‘riqchisi" deb nomlangan yangi doimiy operatsiyani boshladi", deyildi xabarda.
Ta'kidlanishicha, operatsiyalarda Bolgariya, Italiya va Turkiya fregatlari hamda Gretsiya va Ispaniya suv osti kemalari, Gretsiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya va Portugaliya dengiz patrul samolyotlari ishtirok etadi.
Ma'lum qilinishicha, operatsiya real vaqt davomida dengizdagi faollikni kuzatishga, bu esa ehtimoliy xavflardan ogohlantirishga imkon beradi.
NATO yangi operatsiyasi boshlanishi haqidagi qarorni Varshavadagi sammitda qabul qilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026