Sport | 11:08 / 10.11.2016
4483
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Kuvayt hukumati Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga qarshi da'vo arizasi topshiradi

Kuvayt hukumati Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining mamlakatning yangi Milliy Olimpiya qo‘mitasini sudga berish qaroriga javoban xalqaro sport tashkiloti ustidan Lozannadagi fuqarolik sudiga 1 mlrd dollarlik da'vo arizasi bermoqchi. Bu haqda Inside the games portali xabar bermoqda. 

Avvalroq portal Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Olimpiya qo‘mitasi brendlari va nomlaridan foydalangani uchun Kuvayt MOQ ustidan sudga da'vo arizasi berishi ma'lum qilingandi.

2015 yil oktabrda Kuvayt MOQ mamlakat hukumatining uning faoliyatiga aralashishi sababli Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ijrochi kengashi qarori bilan chetlatilgan edi. Bu qadam Kuvayt Olimpiya harakatini hukumat tomonidan nomaqbul aralashuvdan himoya qilish uchun qilingan. Kuvaytda yangi Olimpiya qo‘mitasi yaratilgan. Uning prezidenti etib Fahad Jabbor Alali Al Saboh tayinlangan.

XOQ bosh kotibi o‘rinbosari Pere Miro shayhga yo‘llagan maktubida XOQ Kuvaytning yangi MOQini tan olmasligi aytilgan. Shuningdek, XOQ Kuvaytning muqobil MOQini yaratish jarayoniga aloqador bo‘lganlarga qarshi istalgan choralarni qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qolishi aytilgan.  

Kuvayt MOQ chetlatilgani sabab kuvaytlik sportchilar Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada XOQ bayrog‘i ostida ishtirok etishlariga to‘g‘ri kelgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid