Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada navbatdagi qatl hukmi ijro etildi
Yaponiyada 11 noyabrda qatl hukmi ijro etildi, deb xabar bermoqda NHK telekompaniyasi.
Ken'iti Tadziri ismli sudlanuvchi o‘g‘irlikni amalga oshirish maqsadida 2 odamni o‘ldirgani uchun o‘lim jazosiga mahkum qilingan bo‘lgan. Bu qatl Sindzo Abe 2012 yilda mamlakat bosh vaziri lavozimiga kirishgach, ijro etilgan 10-qatl bo‘ldi. Hammasi bo‘lib 4 yil ichida 17 kishi qatl etilgan.
Hozirda Yaponiyada 130 ga yaqin mahbus o‘lim jazosini kutmoqda. Odatga ko‘ra, qatl hukmlari darhol ijro etilmay, sud hukmidan bir necha yil o‘tib amalga oshiriladi.
Xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari bu jazo g‘ayriinsoniyligini aytib, Yaponiyani uni bekor qilishga chaqirmoqda. Mahbus qatl etilishini yillab kutishi mumkin, biroq uning ijro etilishini u ijro etiladigan kun ertalabgina biladi. Yaponiyada o‘lim jazosi osish orqali ijro etiladi. Jamoatchilik fikri so‘rovnomalariga ko‘ra, mamlakatning aksariyat qismi, ya'ni 85 foizi o‘lim jazosini qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026