Jamiyat | 16:19 / 11.11.2016
7071
2 daqiqa o‘qiladi

Jyenevada eng yaxshi soatlar tanlovi g‘oliblari mukofotlandi

Har yili Jyenevada o‘tkaziladigan Grand Prix d'Horlogerie de Genève soatlar tanlovi g‘oliblariga mukofotlar topshirildi. Bosh sovrin - "Oltin mil" Chronomètre Ferdinand Berthoud FB 1 soatlari uchun Ferdinand Berthoud rusumiga nasib etdi. Oq tilla va titandan yasalgan korpusdagi model dunyodagi eng birinchi markaz soniyali milga ega turbiyon bo‘ldi. Kolleksiya 50 nusxada taqdim etildi. Bu haqida "Lenta.ru" nashriga tadbir tashkilotchilaridan biri ma'lum qildi. 

Chanel modalar uyi uchinchi marotaba ushbu mukofotga munosib ko‘rilmoqda, hakamlar kengashi zargarlik soatlari yo‘nalishidagi g‘alabani aynan shu  kompaniyaga topshirdi. Gap oq tilla va olmos bilan ishlangan Secret Watch Signature Grenat modeli haqida bormoqda. Tsiferblat ehrom shaklidagi morganitdan yasalgan shaffof qopqoq ostiga yashiringan. 

Piaget kompaniyasi Protocole XXL "Secrets & Lights" Venice Micro-Mosaic soatlari uchun soatsozlik san'ati va badiiy hunarmandchilik uyg‘unligi yo‘nalishida oliy mukofotga sazovor bo‘ldi. Ushbu modelning siferblatida Venetsiya manzarasi mozaikasi aks etgan. 

Xronograflar tasnifida hakamlar hay'ati Montblanc 1858 Chronograph Tachymeter Limited Edition'ni eng yaxshisi deb topdi, eng yaxshi turbiyon uchun La Esmeralda Tourbillon ot Girard-Perregaux ishlab chiqaruvchilari mukofotlandi. 

Erkaklar modeli yo‘nalishida  Grönefeld brendining 1941 Remontoire modeli g‘olib, deb topildi. Ayollar orasida esa Piaget'ning Limelight Gala Milanese Bracelet modeli qolgan soatlarni ortda qoldirdi. 

"Eng yaxshi taqvimli soat" yo‘nalishida MB&F Legacy Machine Perpetual modeli g‘olib bo‘ldi. 

 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid