Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alibaba bo‘ydoqlar kunida o‘tgan yilgi rekordini yangiladi
Alibaba bo‘ydoqlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan chegirmali savdolar kunida o‘tgan yildagi rekordini yangiladi. Kompaniyaning bu yilgi daromadi 2015 yilga nisbatan 32 foizga oshib, 120,7 mlrd yuan (17,73 mlrd dollar) ni tashkil qildi.
Kurerlik hamda qadoqlash kompaniyalar xaridlar soni ko‘p bo‘lishiga qaramay, kuchli raqobat hamda arzon narx sababli ularning daromadi yuqori bo‘lmagan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, bu yilgi buyurtmalarning o‘rtacha narxi 194 yuandan 184 yuan (27 dollar) ga tushib ketgan.
Ilk milliard dollar chegirmalar boshlanganidan so‘ng 5 daqiqa ichida topildi. Xaridlarning 82 foizi smartfonlar orqali amalga oshirilgan.
Bo‘ydoqlar kuni tovarlar sotuvi borasida avvalgidek “qora juma” hamda “kiberdushanba”ni ortda qoldirmoqda.
Mavzuga oid
17:11 / 18.02.2026
Alipay'da qanday ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish mumkin?
15:00 / 08.10.2025
Dunyo bo‘ylab milliy valutada xaridlar: HUMO va Alipay o‘rtasidagi hamkorlik yangi imkoniyatlarni ochmoqda
02:32 / 10.09.2025
Alibaba humanoid robotlarga investitsiya kiritdi
13:49 / 30.01.2025