Hozirda servisga Octobankʼning Octomobile ilovasi ulangan bölib (boşqa banklar esa ulaniş jarayonida), unga istalgan kartangizni biriktirişingiz va uning afzalliklarini baholaşingiz mumkin. Uşbu xizmatga ulangan banklar röyxati bizning saytimizda (https://humoalipay.uz).
Biznesmenlar va sayohatçilar uçun qulaylikning yangi darajasi
HUMO va Alipay+ hamkorligi çegaralarni olib taşlaydi va çet eldagi qulay hamda xavfsiz hisob-kitoblar uçun yangi imkoniyatlarga yöl oçadi. Uşbu integratsiya tufayli, HUMO kartalarining sohiblari butun dunyo böylab sayohat qilişlari va öz banklarining ilovalari* orqali tovar va xizmatlar haqini bevosita sömda tölaşlari mumkin. Endi ayirboşlaş şoxobçalarini qidiriş va naqd pul olib yuriş şart emas.
Alipay+ dökonlar va restoranlardan tortib mehmonxonalar va transportgaça – xizmatlarning keng kölamidan foydalaniş imkonini beradi. Çet elga safarga çiqqanda mahalliy ilovalarni yuklab oliş va ularda röyxatdan ötiş zarur bölmaydi. Xaridlar haqini bevosita sömda tölaş uçun Alipay+ ga integratsiyalangan Özbekistondagi bankingiz ilovasining* özi kifoya. Servis dunyoning 50 dan ziyod mamlakatida amal qiladi. Ular qatorida Xitoy, Turkiya, BAA, AQŞ, Tailand, Qozoğiston (Qozoğistonda “Kaspi bank” QR-kodlari orqali tölovni amalga oşiriş mumkin) va boşqa köplab mamlakatlar bor.
“Biz çet el safarlarini maksimal tarzda qulay qilişga intilamiz: HUMO va Alipay+ orqali sömda amalga oşirilgan tölov foydalanuvçilar uçun odatiy bölgan Özbekiston banklari ilovalari orqali silliq ötadi”, - deya şarhladi HUMO strategik rivojlantiriş departamenti direktori Olga Amangeldiyeva.
Bu Özbekistonlik foydalanuvçilar uçun sayohatlardagi imkoniyatlar va moliyaviy erkinlikni anglatadi, çunki safarda ham odatiy kundalik tölovlar uydagidek oson amalga oşiriladi.
Jarayon qanday keçadi?
1. Çet elda bölganingizda bankingiz mobil ilovasini* oçing.
2. Sotuvçining Alipay+ logotipli QR-kodiga kamerani yöllang.
3. Tölovni tasdiqlang. Tayyor! Summa avtomatik ravişda HUMO kartangizdan, sömda yeçib olinadi.
Barça amaliyotlar bevosita sömda amalga oşiriladi va qöşimça komissiyalardan çetlaniş imkonini beradi. Bu esa, xalqaro tölovlarning şaffofligini va qulayligini ta’minlaydi.
HUMO va Alipay hamkorligining asosiy afzalliklari:
- Tölovlar geografiyasining kengligi. Siz 50 dan ziyod mamlakatda – qayerda Alipay+ logotipini körsangiz, xaridlar va xizmatlar haqini tölay olasiz. Qozoğistonda esa, “Kaspi bank” QR-kodlari orqali tölov qila olasiz.
- Sömda tölaş. Mablağ bevosita HUMO kartasidan milliy valutada, yaşirin komissiyalar va valuta hisob-kitoblarisiz yeçib olinadi.
- Heç qanday yangi ilovalarsiz. Barça amaliyotlar odatiy bank ilovasi* orqali ötadi.
- Barça kartalar – bir joyda. Bank ilovangizga biriktirilgan istalgan kartadan foydalaniş mumkin.
- Xavfsizlik. Barça tranzaksiyalar HUMO va Alipay standartlari bilan himoyalangan. Kartangizga oid ma’lumotlarni heç qayerga yuboriş şart emas, barçasi bank ilovasining içida röy beradi.
Tölovning yangi ufqlari. Alipay+ bilan siz önlab mamlakatlarda xaridlar, xizmatlar va safarlar uçun bevosita sömda tez va qulay tölov qilişingiz mumkin. Bugunoq foydalanişni boşlang va sayohatlarda qulaylikning yangi darajasini kaşf eting.
Uydagidek oson!
* Bankingizda Alipay bilan integratsiya maqomini aniqlaştiring.
Barça tafsilotlarni havola orqali bilib olişingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida











