Jahon | 08:02 / 12.11.2016
13666
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Asad bilan emas, IShID bilan kurashish kerak

AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp Suriyada AQSh ag‘darib tashlamoqchi bo‘lgan prezident Bashar Asad bilan emas, IShID bilan kurashish lozim, deb aytdi. Bu haqda Wall Street journal nashriga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

"Rossiya hozir Suriya bilan yaqin aloqada, bizda hozir biz sababli yanada kuchliroq bo‘layotgan va Suriyaga ittifoqdosh hisoblanadigan Eron bor. Endi biz isyonchilarni Suriyaga qarshi qo‘llab-quvvatlamoqdamiz va bizda bu odamlar kimligi haqida tushuncha yo‘q. Agar AQSh Asadga hujum qilsa, bu Rossiya bilan kurashga olib keladi", deb aytdi Tramp nashrga bergan intervyusida. 

Tramp Suriyadagi sa'y-harakatlarni tuzumni ag‘darishga emas, terrorchilikka qarshi kurashishga qaratish kerakligini aytdi.
 
Tramp intervyusida 8 noyabrdagi saylovlardan keyin u Rossiya prezidenti Vladimir Putindan maktub olganini aytib o‘tdi. Trampning aytishicha, maktub ajoyib bo‘lgan. Tramp shuningdek yaqin orada Putin bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid