Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada mamlakat prezidentiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda
Janubiy Koreyada o‘n minglab kishilar Seul shahri markaziga chiqib, prezident Pak Kin Xening iste'fosini talab qilishmoqda. Bu haqida "Ryonxap" agentligi ma'lum qildi.
Namoyishchilar Janubiy Koreya prezidentining rasmiy qarorgohigacha (Ko‘k uy) borishmoqchi.
Pak Kin Xe o‘z dugonasi Tsoy Sun Silga davlatning maxfiy ishlarigacha aralashishga imkon berganlikda ayblanmoqda. Tsoy Sun Sil davlat siyosatiga aralashib, hukumatdagi kadrlarni tayyorlash masalasiga ham aralashganligi ta'kidlanmoqda.
Manbaga ko‘ra, bugungi kunda prezident reytingi rekord darajada past - 5 foiz.
Bundan avval Janubiy Koreya prezidenti siyosatidan norozilar soni 90 foizga chiqqani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
14:21 / 11.06.2026
22 davlat Eronni o‘z hududidagi hujumlarda aybladi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026