Fan-texnika | 19:51 / 13.11.2016
6992
1 daqiqa o‘qiladi

Panasonic kompaniyasi Gorenje kompaniyasini sotib olish fikridan qaytdi

wsj.com

Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi Sloveniyaning maishiy texnika ishlab chiqaruvchi  Gorenje kompaniyasini sotib olish fikridan qaytdi. Shu tariqa iyulda tuzilishi mumkinligi ma'lum bo‘lgan bitim tuzilmaydigan bo‘ldi.

Ayni vaqtda Panasonic kompaniyaning 10,74 foiz aksiyasiga ega. Gorenje’da ma'lum qilinishicha, yapon kompaniyasi o‘z ulushini oshirishni istamayotganiga qaramasdan, bu kelgusi biznes-rejalarga va rivojlanishga ta'sir qilmaydi, kompaniyalar turli sohalarda amaliy hamkorlikni davom ettiraveradilar. 

10 noyabrda Gorenje aksiyalari Lyublyanadagi birjada Panasonic bilan bitim tuzilishi mumkinligi ilinjida to‘xtatilgandi. Tahlilchilarning fikricha, bitim tuzilmasligi e'lon qilingandan keyin sloven kompaniyasining aksiyalari  narxi 25 iyuldagi 31 foizlik qimmatlashishdan keyin anchagina tushib ketishi mumkin. 

Gorenje 211 mln yevrolik bozor kapitallashuviga ega. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya 7,6 mln dollarlik sof foydaga ega bo‘lishi kutilmoqda.


finance.yahoo.com

Mavzuga oid