Panasonic kompaniyasi oyoq kiyimidan keluvçi hidlarni yöqotiş uçun MS-D100 qurilmasini işlab çiqdi. Uni Yaponiyada sotiş rejalaştirilmoqda, uşbu davlatda tananing yoqimsiz hidlari jamiyat tomonidan qoralanadi.
Qurilmani işlatiş uçun uni oyoq kiyimiga tepadan ulab qöyiş va tanlangan rejimga qarab, 5 yoki 7 soat davomida bu holatda qoldiriş kerak. MS-D100 oyoq kiyimiga ionlaşgan havo zarralarini yuboradi, ular materialdan ötib, yoqimsiz hidlarni yöqotadi.
Panasonic sözlariga köra, uzoq rejim «hidlardan ayniqsa taşvişga tuşadiganlar uçun» möljallangan. Qurilma 20 sentabr kuni Yaponiyada namoyiş etiladi, ammo narxi hali noma'lum.
Bu Panasonic’ning yoqimsiz hidni yöqotişga qaratilgan birinçi mahsuloti emas. 2017 yilning yozida kompaniya MS-D100’ga öxşaş usulda işlaydigan, kiyim-keçaklarga möljallangan dezodorant çiqargandi.

















