IFA 2017 texnologik körgazmasida Panasonic kompaniyasi «aqlli» muzlatgiç kontseptini namoyiş etdi. Uni ovozli buyruqlar yordamida boşqariş mumkin.
Muzlatgiç öz egasining yoniga kelişi, içida qanday içimliklar saqlanayotganini xabar qilişi, taomlarni tavsiya etişi mumkin. Qurilmaga bir neça datçiklar örnatilgan bölib, ular muzlatgiçga xona böylab harakatlanişda yordam beradi.
CNet naşrining ta'kidlaşiça, muzlatgiç hozirça kontsept sifatida namoyiş etildi, u keng kölamda işlab çiqarilişi borasida ma'lumotlar yöq.












