Panasonic Berlindagi IFA 2017’da butunlay şaffof OLED-ekranni namoyiş etdi. Funktsional qurilma prototipi televizorlar bir neça yildan söng qanday körinişda bölişini anglatmoqda.
Pultdagi bir tugmaçani bosiş bilan xonada joylaşgan şkafdagi oynali vitrina 4K kenglikka ega OLED TV’ga aylanadi – Panasonic stendidagi nusxa zamonaviy “şaffof ekran” texnologiyasi qanday imkoniyatlarni taklif etişini körsatib berdi. Şu bilan birga, Panasonic texnologiyani köplab kişilar yiğiladigan joylarda qöllaş böyiça rejalarga ham ega.
«Avvalgi IFA’da biz intellektual «şaffof ekran»ning boşlanğiç nusxasini körsatgandik, - deydi Panasonic PR-xizmatining Germaniyadagi rahbari. – Yangi prototip 4K kenglik va OLED texnologiyasiga ega». Hozirga qadar bozorga şaffof OLED-televizorning qaçon çiqişi haqida ma'lumot yöq, model Panasonic texnologiya ustida qanday jadallik bilan iş olib borayotganini körsatmoqda. Bugun u şunday körinişda:
Texnologiyadan foydalanişning boşqa ssenariylari orasida interaktiv reklama usullari ham bor – vitrinalar yoki dökonlardagi şişali eşiklar.












