Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada ilk marta prezident so‘roq qilinishi mumkin
Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat tarixida ilk bor prezidentni so‘roq qilishi kutilmoqda. Yonhap agentligi xabariga ko‘ra Pak Kin Xe o‘z dugonasi Chxve Sun Sil bilan yaqin aloqalari tufayli so‘roq qilinadi.
«Prezidentni so‘roq qilish shu haftadayoq bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Lekin so‘roq o‘tkazilmasligi ham mumkin. U holda so‘roq Chxve Sun Silga hukm chiqarilganidan keyin o‘tkaziladi», — deya qayd etilgan Seul prokuraturasida.
Chxve Sun Sil 3 noyabr kuni tovlamachilik va davlat ishlariga aralashishda ayblanib qo‘lga olingandi.
Avvalroq Pak Kin Xe dugonasining ishi bo‘yicha tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytgan edi.
Xabarda ta'kidlashicha, Janubiy Koreya konstitutsiyasiga muvofiq, prezidentga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin emas, biroq ba'zi ekspertlar korrupsiyaga qarshi tergov doirasidagi so‘roq tamoman maqbul ekanligini aytishga ulgurdi.
Bundan oldinroq, Janubiy Koreyada o‘n minglab kishilar Seul markazida Pak Kin Xening iste'fosini talab qilgan holda namoyish o‘tkazgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026