Jamiyat | 14:30 / 14.11.2016
10803
2 daqiqa o‘qiladi

Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi yangilanadi

Foto: UzDaily.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi tomonidan 2016 yil 25 oktabrda imzolangan qarorga muvofiq, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda shu haqda so‘z yuritilgan. 

Mazkur qarorga binoan, “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi negizida “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tuzildi.

Hujjatga muvofiq, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sanoati tuzilmalarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish choralari belgilangan. Sohaga xorijiy sarmoyalarni keng jalb qilish hamda uning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, sohaga korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini qo‘llashni amaliyotga kiritish ko‘zda tutilgan. 

Aktsiyadorlik jamiyati vazifalari sifatida qurilish mollari ishlab chiqarish hajmini va turlarini kengaytirish, sohaga ilg‘or energiya va xom-ashyoni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, zamonaviy qurilish mollari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish, sohani boshqarishga yuqori malakali menejyerlar, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb etish kabilar belgilangan. 

Bundan tashqari, “O‘zqurilishmateriallari” AJ tarkibida maxsus loyihaviy ilmiy-tadqiqot instituti «QurilishmaterialLITI» MChJ tashkil etiladi. 

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Prezident v.b. qaroriga asosan, “O‘zqurilishmateriallari” AJ Boshqaruvi raisini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. “O‘zqurilishmateriallari” AJ matbuot xizmatiga ko‘ra, Botir Zaripov “O‘zqurilishmateriallari” AJ Boshqaruvi raisi etib tayinlangan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid