Fan-texnika | 18:27 / 14.11.2016
14130
2 daqiqa o‘qiladi

Mercedes-Maybach o‘zining eng qimmat kabrioletini namoyish etdi

Mercedes-Maybach yangi kabrioletining ilk tizer tasvirlarini namoyish etdi. Avtomobilning rasmiy taqdimoti 16 noyabr kuni Los-Anjyeles avtosalonida bo‘lib o‘tadi. S650 deb nomlangan avtomashinadan cheklangan miqdorda, atigi 300 dona ishlab chiqariladi. U Daimler konserni tarixidagi eng hashamatli avtomobil bo‘lishi aytilmoqda. 
 
Yangi model, ilk marotaba o‘tgan yili Frankfurtdagi motorshouda namoyish etilgan S-Class kabrioleti negizida barpo etiladi. Uni 6,0 litrli, benzinli V12 turbomotor harakatga keltiradi. Motor quvvati 520 ot kuchini tashkil etadi. 

Avvalroq, Mercedes-Benz rahbariyati yaqin yillarda Maybach brendi ostida dabdabali avtomobillar ishlab chiqilishi mumkinligini bildirgan edi. Agar mazkur kabriolet bilan ushbu loyihaga start berilgan bo‘lsa, avtomobil umuman yangi platformada barpo etiladi. Yangi mahsulotga Rolls-Royce Cullinan va Lamborghini Urus kabi mashinalar raqobat qilishi kutilayapti. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Maybach brendli yo‘ltanlamaslar yangi avlod GLS modellari negizida ishlab chiqilishi ehtimol. 

 

Mavzuga oid