Jahon | 19:49 / 14.11.2016
4101
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 2017 yili YeIga a'zo bo‘lib kirish masalasida referendum o‘tkaziladi

GETTY IMAGES

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an keyingi yili mamlakatda Yevropa Ittifoqiga kirish masalasida umumxalq referendumi o‘tkazilishi mumkinligini aytib o‘tdi. U bu haqida bugun Anqarada qilgan chiqishi chog‘ida gapirgan.

"Siz shuni istayotgan bo‘lsangiz, bizga muzokaralarni to‘xtatish kerakligini aytishingiz mumkin. Buni tezroq hal qilish kerak. Men bosh vazir va hukumat vakillari shohidligida aytishim mumkinki, biz yil so‘ngiga qadargina sabr qila olamiz, keyin esa xalqqa yuzlanamiz (referendum masalasi - tahr. TASS)", - degan u.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, "YeI o‘zi bergan va'dalarni bajarmayapti va o‘zini tuturiqsiz tutmoqda".

Turkiyada o‘lim jazosi qayta tiklanishi ehtimoli haqidagi savolga Erdo‘g‘an avval ham aytgan fikrini tasdiqlab javob qaytargan.

"Agar qonun loyihasi parlament tasdig‘idan o‘tsa, u imzolanadi. Ammo bu borada asosiy gapni xalq aytadi. Bu xalq taqdiri G‘arb qo‘lida emas", degan turkiyaliklar yetakchisi.

Bundan bir kun oldin Yevroparlament raisi Martin Shults Anqara agar o‘lim jazosini tiklasa, qizil chiziqni bosib o‘tishi va hech qachon YeIga a'zo bo‘la olmasligi haqida gapirgandi. 

"Agar Turkiya o‘lim jazosini qaytarsa, tashkilotga a'zo bo‘lib kirish bo‘yicha muzokaralar to‘xtatiladi", - deya qayd etgandi u.

Qayd etish kerakki, Turkiyada o‘lim jazosini tiklash masalasi mamlakatda 16 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin yuzaga keldi.

Erdo‘g‘an: Turkiya o‘z xalqidan YeI a'zoligi bo‘yicha fikrini so‘raydi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid