Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganchda O‘zbekiston onkologlarining ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Urganchda “Me'da-ichak yo‘llari o‘smalarini tashxislash va davolashda yangicha yondashuvlar” mavzusida O‘zbekiston onkologlarining ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika onkologiya ilmiy markazi, Xorazm viloyati onkologiya dispanseri va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan onkolog-shifokorlar, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etdi.
– Onkologiya xizmati mamlakatimizda samarali yo‘lga qo‘yilgan, – deydi Xorazm viloyati onkologiya dispanseri bosh shifokori T.Polvonov. – Har bir tibbiyot muassasasi zamonaviy asbob-uskuna va kerakli anjomlar bilan to‘liq ta'minlanmoqda, kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda. Bugun yurtimizda saraton kasalligini samarali davolash uchun barcha sharoit mavjud. Faqat buning uchun kasallikni erta bosqichda aniqlab, tegishli muolajalarni vaqtida bajarish kerak.
Anjumanda “O‘zbekistonda gepatopankreato-duodenal soha o‘smalarini tashxislash va davolashning zamonaviy holati”, “Qizilo‘ngach saratoni: davolashga multidistsiplinar yondashuv”, “Onkologik kasalliklarning immunogistoximik diagnostikasi”, “Gastrointestinal trakt limfomalari” kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.
Tadbir doirasida “Yosh onkologlar” anjumani tashkil etilib, unda mamlakatimizning turli hududlarida shu sohada faoliyat olib borayotgan yosh shifokorlar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Mavzuga oid
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026