Jamiyat | 15:22 / 15.11.2016
17599
2 daqiqa o‘qiladi

9 yashar musulmon qizcha Donald Trampga bag‘ishlab esse yozdi

Foto: Reuters

Avstraliyaning Melburn shahridagi boshlang‘ich maktabda tahsil oluvchi 9 yashar musulmon qizcha AQShning yangi saylangan prezidentiga atab esse yozdi. U o‘z yozgan ishida Donald Tramp “nega yomon odam” ekanligiga batafsil to‘xtalib o‘tgan. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

U o‘z ixtiyoriga ko‘ra, “Yomon Donald Tramp” mavzusida esse yozgan.

U A4 o‘lchamidagi yozgan ijodiy ishini AQShdagi saylovlar haqida bolalar bilan suhbatlashayotgan sinf rahbari Jyess Biggsning qo‘liga topshirgan. Biggsning so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida bolalar juda hissiyotli bo‘lishgan.

— Biz saylov haqida suhbatlashdik… Maktabdagi ko‘plab bolalar musulmondir. Shu sabab ular nima sodir bo‘layotganini kuzatishmoqda, — dedi Biggs xonim. 
Uning aytishicha, to‘qqiz yashar o‘quvchisi o‘z inshosida Donald Tramp nega yomon odam ekanligiga oydinlik kiritmoqchi bo‘lgan va yangi prezident musulmonlar hamda meksikaliklarning AQShga immigratsiyasini taqiqlashi borasida o‘z xavotirini bildirgan.

— U irqchi va juda yomon odam. Bu meni juda tashvishga soladi, chunki o‘zim musulmonman. U esa bizni va ayollarni hurmat qilmaydi. U oilasi haqida emas, faqat o‘zi haqida o‘ylaydi, — deb yozadi qizcha Tramp haqida.
 

Mavzuga oid