Jahon | 11:35 / 15.11.2016
7843
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti o‘ziga advokat tayinladi

Foto: © EPA

Koreya respublikasi prezidenti Pak Kin Xe mamlakat Bosh prokuraturasida so‘roq qilinishidan avval, o‘ziga advokat tayinladi. Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiyaning sobiq a'zosi Yu Yon Xa davlat rahbari advokati bo‘ladi, deyiladi prezident ma'muriyati xabarida. 

"Yu Yon Xa prezident Pak Kin Xening qonuniy advokati sifatida tayinlandi", - deya ma'lum qilingan qisqa xabarda. 

Bundan avval, Koreya respublikasi prokuraturasi mamlakat tarixida ilk marotaba amaldagi davlat rahbarini so‘roq qilishga hozirlik ko‘rayotgani haqida xabar qilgan edi. Pak Kin Xe, o‘z atrofidagi kishilarning hokimiyatdan g‘arazli maqsadlarda foydalanganligi va korrupsiyaga oid ishlari yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida so‘roq qilinadi. Davlat rahbari, 16 noyabrda prokuratura savollariga javob berishi mumkin. 

Avvalroq, Koreya yetakchisi tergov organlari bilan ushbu ish yuzasidan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan edi. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid