Xitoyda Kim Chen Inga nisbatan "semiz" so‘zini qo‘llash taqiqlandi
Xitoy internetida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga nisbatan "semiz" so‘zini qo‘llash taqiqlandi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi.
Gap "Jin San Pang" laqabi haqida ketmoqda, bu xitoy tilidan tarjima qilinganda "Semiz Kim III" ma'nosini bildiradi. Bu laqab yosh xitoyliklar orasida keng qo‘llanadi, lekin ushbu "laqab"ni Baidu qidiruv tizimi yoki Weibo mikroblogi servisiga kiritilganda, bu natija bermaydi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya amaldorlari o‘z rahbarlarining laqab haqida bilib qolishidan qo‘rqib, xitoylik hamkasblariga rasmiy so‘rov yo‘llashgan. Ular Pekindan KXDR yetakchisiga nisbatan kamsituvchi laqablarni qo‘llashga chek qo‘yishni so‘rashgan.
Xitoy TIV matbuot kotibining ma'lum qilishicha, "Semiz Kim III" laqabini taqiqlashga doir xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati fikrlarni bayon qilish uchun sog‘lom sharoit yaratish tarafdori. Shu bilan birga Pekin har qanday mamlakat rahbariga nisbatan haqoratli so‘zlarning qo‘llanilishini oqlamaydi.
Shuningdek agentlik Baidu'da avvalgidek Kim Chen Inning barcha laqablarini topish mumkinligini ta'kidladi. Baidu'ning o‘zida esa izohlardan bosh tortishdi.
Mavzuga oid
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
23:22 / 17.10.2024
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi
21:47 / 06.10.2024