Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh hukumati Trampning nutqlari terroristlarga qo‘l kelishidan xavfsiramoqda
Foto: EPA
AQSh ma'muriyatining aksilterror faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlari xavfsiramoqdaki, mamlakatning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning nutqlari terrorchilar foydasiga ishlashi mumkin. Bu haqda The Daily Beast nashri xabar yozgan.
Ularning hisoblashicha, milliarderning saylovoldi kampaniyasi davomida musulmonlarga qarshi aytgan so‘zlari IShID jangarilari odamlarni AQSh diniy urush olib borayotganini isbotlashda qo‘l kelishi mumkin. Pentagon vakilining so‘zlariga ko‘ra, radikal terrorizmni islom diniga tenglashtirish nafaqat xato, balki "IShIDni to‘la yengish" maqsadiga muvofiq emas ham.
Uning qayd etishicha, bunday gaplar terrorchilarga butun dunyodagi musulmonlar himoyachisi sifatida chiqishga imkon beradi.
"Albatta, biz tashvishdamiz", - degan AQSh ma'muriyatining boshqa bir vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiy xizmatchilari IShIDga qarshi kurash maydonida faolroq bo‘lmog‘i kerak. Ammo bu muvaffaqiyatga Trampning musulmonlar haqidagi fikrlari sababli ularning jangarilar tomoniga o‘tib ketishi to‘siq bo‘lishi mumkin.
O‘z chiqishlaridan birida respublikachi nomzod prezidentlikka saylangan taqdirda AQShga musulmonlar kelishini taqiqlashi haqida aytib o‘tgandi. Bu esa OAVda keskin salbiy munosabatni keltirib chiqardi. Keyinroq biznesmen aniqlik kiritdiki, "terrorizm manbalari bo‘lmish mamlakatlar" fuqarolarini muhojir sifatida qabul qilmaslikni nazarda tutgandi. U aynan qaysi davlatlarni "terrorizm manbalari" sifatida bilishiga aniqlik kiritmagan.
Saylovlar kuni yaqinlasha boshlagach, u muhojirlar bo‘yicha so‘zlarini yumshata bordi va muhojirlarga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirishi mumkinligini istisno etmadi. Shu bilan birgalikda, u giyohvand moddalar savdogarlari, qurol olibsotarlari, jinoiy to‘dalar a'zolari va boshqa jinoyatchilarga "mamlakatida joy yo‘qligi"ni ta'kidladi.
Mavzuga oid
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025
Tramp Putin bilan bo‘lajak suhbati haqida ma’lum qildi
11:50 / 30.08.2025