Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Vizasiz" davlatlar fuqarolari Shengenga kirishda 5 yevrodan to‘lashlari mumkin
Foto: CMPT
Yevrokomissiya Shengenga kirish uchun konsullik to‘lovini amalga oshirmaydigan "vizasiz" davlatlar fuqarolaridan 5 yevrodan olishni taklif qilmoqda. Bu haqida EUObserver xabar berdi.
Bu pul vositalari Shengenga kirayotganlarni nazorat qilish uchun umumevropa aksilterror, migratsion va jinoiy ma'lumotlar bazasini moliyalashtirishga sarflanadi. Mazkur tizimning tuzilishi, xususan, Yevroittifoq mamlakatlarining Ukraina va Turkiyaga vizasiz rejim taqdim qilinishi ehtimoli oldidagi xavfni kamaytirishi kerak.
"Bugun Yevrokomissiya vizasiz rejim haqidagi bitimga ega fuqarolarning Shengen hududiga kirishi uchun 5 yevrolik to‘lovni joriy qilish haqidagi taklifini ilgari suradi", - deya ta'kidlangan portalda. Shu tariqa, har yili 60 "vizasiz" davlatdan (AQSh, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Lotin Amerika davlatlari va boshqalar) YeIga keluvchi 30 million kishi bu shartnoma ta'siriga tushadi. Buyuk Britaniya fuqarolari ham YeIdan to‘liq ajralib chiqqanidan keyin bu to‘lovni amalga oshirishlariga to‘g‘ri keladi.
Ushbu ETIAS tizimini yo‘lga qo‘yish qarori Parij va Bryusseldagi teraktlardan keyin qabul qilingan.
Mavzuga oid
14:24 / 11.03.2026
Yevrokomissiya rahbari: atom energiyasidan voz kechish - “strategik xato”
11:21 / 28.02.2026
Yevrokomissiya YeI-Merkosur kelishuvini vaqtincha qo‘llaydi
10:09 / 24.02.2026
JB: Ukrainani tiklash uchun 588 mlrd dollar kerak bo‘ladi
10:15 / 13.02.2026