Jahon | 16:48 / 17.11.2016
3742
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador Shvetsiyadan Assanjga nisbatan kafolat talab qilmoqchi

Foto: Reuters

Ekvador hukumati Wikileaks asoschisi Julian Assanj sud oldida javob beradigan bo‘lsa, AQShga ekstraditsiya qilinmasligi borasida Shvetsiya kafolatini olishni xohlaydi. Bu haqda TT agentligi xabar qilmoqda.

"Agar biz, Julian Assanj uchinchi mamlakatga topshirilmasligi borasida kafolat olsak, u Shvetsiya sudi oldida javob berishi mumkin, albatta, unga rasman ayblov e'lon qilinsa. Hozircha, u ayblangani yo‘q", - degan Ekvador tashqi ishlar vaziri Giyom Long.

WikiLeaks asoschisi 2012 yil 19 iyunda Ekvadorning Londondagi diplomatik missiyasida siyosiy boshpana so‘ragan edi. U Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinmasligi uchun shunday yo‘l tutgandi

Assanj Shvetsiyada jinsiy tajovuz mazmunidagi jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid