Jahon | 13:41 / 17.11.2016
6271
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

Foto: Reuters

Eron prezidenti Xasan Ruhoniy kelayotgan haftada rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Bu haqda dastlabki ma'lumot Fars News agentligida paydo bo‘lgan. Nashr xabariga ko‘ra, Eron rahbari bir qancha davlatlar, jumladan, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Ruhoniy ushbu davlatlar rahbarlari bilan muloqot chog‘ida hududiy va mintaqaviy masalalar bo‘yicha suhbat olib boradi. Bu 2013 yilda Eron prezidenti sifatida saylangan Ruhoniyning Qirg‘izistonga ilk tashrifi hisoblanadi.

Avvalroq Eronning Tasnim News Agency agentligi Xasan Ruhoniy o‘zining Qirg‘izistonga tashrifini Almazbek Atambayev sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab ortga surgani haqida ma'lum qilgan edi. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid