Fan-texnika | 20:02 / 17.11.2016
6320
3 daqiqa o‘qiladi

“MITUZ Open Data Challenge 2016" tanloviga start berildi

Tanlov joriy yilning 26-27-noyabr kunlari Toshkentdagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi. “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi – ilovalarni ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda ishlab chiqish bo‘yicha har yilgi tanlov bo‘lib, unda yakka va jamoaviy tarzda ishtirok etish mumkin. Ushbu tanlov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, BMTTD O‘zbekistondagi vakilligi, UZINFOCOM markazi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

MITUZ Open Data Challenge tanlovi - bu dasturchilar, dizaynerlar va jurnalistlar jamoalarining ochiq hukumat portal ma'lumotlariga asoslangan mahsulotlarni tez ishlab chiqish bo‘yicha musobaqa. “MITUZ Open Data Challenge” tanlovining farqi shundaki, guruhlar aniq belgilab berilgan muddat ichida harakatlanishlari lozim. Ikki kun muddatda mavhum g‘oyalar, infografika va maqolalar yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yohud alfa-ko‘rinishlariga aylantiradilar. Uch kunlik qizg‘in faoliyat natijasida, “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi ishtirokchilari barcha sohalarda, shuningdek, moliya, transport, ta'lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa sohalarda foydali bo‘lgan yangi loyihalarni taqdim etadilar.

Shunday qilib, mobil va veb-ilovalar, infografika, media-loyihalar, maqolalar tadbirning moddiy mahsuli bo‘ladi.

Loyihalarni ishlab chiqishdan tashqari, “MITUZ Open Data Challenge 2016” tanlovi doirasida ma'lumotlar jurnalistikasi bo‘yicha master-klasslar hamda dasturchilar uchun ochiq ma'lumotlar bilan ishlashga oid treninglar bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqami va elektron pochtasiga murojaat etishingiz mumkin:

+998(97) 747 06 33
rimma.mukhtarova@gmail.com

Mavzuga oid