Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston rahbari Moldovaning yangi saylangan prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. Mirziyoyev Moldova Respublikasining yangi saylangan prezidenti Igor Dodonni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tabrik maktubida davlat rahbari O‘zbekiston va Moldova o‘rtasidagi an'anaviy do‘stlik munosabatlari va o‘zaro manfaatli hamkorlik davlatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida bundan-buyon ham rivojlanishi va mustahkamlanishiga ishonch bildirgan.
Prezident vazifasini bajaruvchi, Igor Dodonga mustahkam sog‘liq, bardamlik, mas'uliyatli davlat mansabida ulkan muvaffaqiyatlar, Moldova xalqiga esa tinchlik va taraqqiyot tiladi.
Mavzuga oid
08:52 / 25.06.2026
Ruminiyada Moldova bilan birlashish bo‘yicha qonun loyihasi yangi bosqichga o‘tdi
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026