Belarus prezidenti Qur'onni nima uchun o‘pgani sababini ma'lum qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi jome' masjidining ochilishi marosimida barcha dinlarga birdek hurmat bilan qarashi ramzi sifatida Qur'oni karimni o‘pganini ma'lum qilgan. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
"Menga Qur'onni o‘pganim uchun tanqid qilinayotganimni ma'lum qilishdi. Biz Erdo‘g‘an bilan masjid ochilishida bo‘ldik. Unga Qur'on sovg‘a qilishganda, u Qur'onni o‘pdi. Menga ham xuddi shunday Qur'on berishganda nima qilishim kerak edi? Men ham Erdo‘g‘anning ishini takrorladim ", deb aytmoqda Lukashenko.
Lukashenkoning aytishicha, Belarusda musulmon, katolik va pravoslavlar orasida havas qilsa arzigudek munosabatlar o‘rnatilgan, mamlakat qonunchiligida esa barcha din vakillari uchun birdek huquqlar ko‘zda tutilgan.
"Men prezidentman va mening davlatimda ko‘p minglab musulmonlar yashaydi. Men ular uchun ham prezidentman. Va ular hech qachon hech qanday muammolar yaratmaganlar", deb qo‘shimcha qildi Lukashenko.
Mavzuga oid
14:19 / 05.12.2023
“Yil imomi – 2023” ko‘rik tanlovi g‘olibiga Haj safari yo‘llanmasi berildi
14:33 / 08.07.2023
Shvetsiya hukumati Qur’onni yoqishni taqiqlashi mumkin
13:30 / 05.07.2023
Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada Qur’oni karim yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atadi va keskin qoraladi
12:52 / 28.04.2022