Mourino «MYu» - «Arsenal» uchrashuvi hakami haqida kutilmagan fikr bildirdi
«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 12-turi doirasida «Arsenal»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi o‘yindan keyin uchrashuvni boshqarib borgan hakam Andre Marrinerning Antonio Valensiya bilan bog‘liq vaziyatdagi qarorini izohlab o‘tdi.
«Menga Marrinerning o‘yindan oldin aytgan so‘zlari yoqqandi. Bu oddiy so‘zlar edi: «Men uchrashuvning asosiy yulduzi bo‘lishni, alohida ajralib turishni istamayman. Men o‘yin sifatiga ko‘maklashishni xohlayman».
U haq. U yulduz bo‘lishni istamaydigan odam. Marriner – ajoyib inson va halollik tarafdori bo‘lgan hakam. U har doim o‘z ishidagi muvozanatni saqlab qolishga harakat qiladi.
Meni Marrinerga munosabatim juda yaxshi. U bizning jamoamiz foydasiga qarshi o‘laroq xato qilganida buni oldindan reja qilib bajarmaydi.
Bu penalti edimi yoki yo‘q – bir necha marotaba takroriy lavhalarni ko‘rgach, bilib oldim. Ammo bu haqda gapirmoqchi emasman. Faqat hakam o‘yinni boshqarishda yaxshi tomondan o‘zini ko‘rsata olganini tasdiqlashim mumkin», – deya Mourinodan iqtibos keltiradi Tribuna.uz.
Mavzuga oid
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
14:17 / 06.09.2024
Transfer oynasi sarhisobi: Top-15 klublarning yozgi kampaniyasi reytingi
12:06 / 01.09.2024
Yamal Messidan tezroq, Lukaku maydon o‘yinchisiga gol urdi
13:36 / 18.08.2024