Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oxirgi haftada O‘rta Yer dengizida 340 nafar kishi cho‘kib ketdi
Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (IOM) keyingi 1 haftaning o‘zida 340 nafar muhojir O‘rta Yer dengizidan suzib o‘tishga harakat vaqtida halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Brietbart nashrining xabariga ko‘ra, noyabr oyida O‘rta Yer dengizidan suzib o‘tishga urinish vaqtida cho‘kib ketganlar soni 546 kishini tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, 2015 yilning o‘n birinchi oyida 141 kishi, 2014 yil noyabrida esa 22 kishi halok bo‘lgandi.
Shu tariqa, 2016 yilgi ko‘rsatkichlar o‘tgan yillardagidan bir necha barobar ko‘p bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bu raqamlar YeI va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv (Turkiya qochqinlarni o‘z hududida joylashtirishi bo‘yicha) ishlamayotganidan darak beradi.
Muhojirlar bo‘yicha xalqaro tashkilot Nigeriya, Eritreya, Sudan, Gambiya, Kot-d'Ivuar, Gvineya, Somali va Mali kabi 8 davlatni muhojirlar oqimining asosiy manbalari sifatida keltirgan.
Xabar qilinishicha, bunday statistika kuzatuvchilarni hayron qoldirgan. Ular qochqinlarning asosiy qismi Yaqin Sharqdagi urushdan qochib kelayotganlar bo‘lib chiqishini taxmin qilishgandi.
Noyabr oyi boshida 240 nafar qochqin mingan kemalar Liviya qirg‘oqlari yaqinida halokatga uchragandi.
Mavzuga oid
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
21:19 / 12.03.2026
Eronda 3 milliondan ortiq aholi urush tufayli uylarini tark etdi – BMT
14:29 / 24.02.2026
YeI qochqinlarni uchinchi davlatlarga deportatsiya qilishni tasdiqladi
14:01 / 03.02.2026