Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko ukrainaliklardan uzr so‘radi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko hukumat Xalqaro valyuta jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash evaziga millionlab ukrain oilalariga aziyat yetkazayotganini tan oldi. U bu haqda Qadr-qimmat va erkinlik kuni munosabati bilan xalqqa murojaatida aytib o‘tdi.
Poroshenkoning aytishicha, iqtisodiyotda defolt va falokatdan qutulish uchun hukumatda qat'iy va nomashhur choralarga borishdan boshqa iloj bo‘lmagan. Uning ta'kidlashicha, xuddi shunday choralarni Ukrainaning Markaziy va Sharqiy Yevropa bo‘yicha muvaffaqiyatga erishgan qo‘shnilari 1990-yillar boshida amalga oshirganlar.
"Biz uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasining qo‘llab-quvvatlashi juda muhim bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Jamg‘arma esa hech qachon shirin dori bermaydi. Shuning uchun biz o‘zimiz istamagan holda millionlab oilalarga aziyat yetkazganimizni anglayman. Buning uchun uzr so‘rash gunoh ham emas. Biroq men aminmanki, bu qabul qilingan choralarning samaradorligini yaqin orada borgan sari ko‘proq odamlar his qila boshlaydilar", deb aytib o‘tgan Poroshenko.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026