Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMW kompaniyasining 1-Series modeli sedanga aylantirildi
Foto:motor.ru
BMW kompaniyasi Guanchjoudagi motorshouda "sedan" kuzoviga ega 1-Series’ning yangi modelini taqdim qildi. Kompaniya g‘oyasiga ko‘ra, avtomobil brendga yosh xaridorlarni jalb qilishi kerak. Bu mashina faqatgina Xitoyda sotiladi.
Xitoyda Brilliance-BMW qo‘shma korxonasida yig‘iladigan mashina oldi privodli UKL shassisida qurilgan. Bu shassi MINI modellarida, X1 krossoveri va 2-Series Active Tourer kompaktvenida ishlatilgan. Mashinani yaratish bilan BMW’ning ham Germaniyadagi bosh-qarorgohi vakillari, ham xitoylik muhandislar shug‘ullanishgan.
Sedan uchun uchta modifikatsiya tayyorlandi: 118i, 120i Luxury va 125i Sport. Bazaviy variant 1,5 litrli va 136 ot kuchiga ega turbomotor bilan taklif qilinadi. 120i esa 192 ot kuchiga ega va 2 litrli dvigatel, 125i Sport modeli esa 231 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi.
Xitoy bozorida yangi mashina Audi A3 sedani va "Sitroyen" DS5 LS bilan raqobatlashadi.
Mashinaning narxi 180 ming yuandan (26 ming dollar) boshlanadi.





Mavzuga oid
08:49 / 28.02.2026
BMW yong‘in xavfi sabab 330 mingta avtomobilni qaytarib olyapti
08:26 / 27.02.2026
“Kichkina jarima bilan qutulib ketdik” - YPXga bo‘ysunmagan BMW'dagi shaxs qoidabuzarligidan faxrlanishini aytdi
13:14 / 06.12.2025
Sergelida rul boshqaruvini yo‘qotgan BMW haydovchisi beton to‘siqqa urildi
10:40 / 30.08.2025