Jahon | 08:31 / 21.11.2016
3512
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyaning Gyoteborgida avtomobil portladi

Foto: © AFP

Shvetsiyaning   Gyoteborg shahrida 20 noyabr kechki payt avtomobil portlashi oqibatida bir kishi jarohat oldi. Portlash o‘qotar quroldan otishlar bilan birga kechgan, deb xabar bermoqda mahalliy Göteborgs posten nashriga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Politsiya shahardagi Vasastan mikrotumanining bir qismini qurshab olgan.

"Bir kishi voqea joyidan jarohatlar bilan o‘zi shifoxonaga yetib borgan. Biz hozircha jarohatlar qanchalik jiddiyligini bilmaymiz", deb ma'lum qilgan politsiya vakili Robert Ed.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid