Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti: Kaliningraddagi «Iskander»lar Yevropa xavfsizligiga rahna soladi
Rossiya mudofaa vazirligining «Iskander» va S-400 raketa majmualarini Kaliningrad viloyatiga joylashtirishi Yevropa xavfsizligini beqarorlashtirishi mumkin. AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«Rossiya «Iskander»larni Kaliningradda joylashtirish bilan tahdid qildi. Yevropada so‘ngi o‘n yilda yuz bergan turli hodisalarga bu tarzda jiddiy harbiy javob berish shart emas edi. Biz Rossiyani xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadlariga zid bo‘lgan so‘zlardan va harakatlardan tiyilishga chaqiramiz», — degan Kirbi.
Rossiya Federatsiya Kengashining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Viktor Ozerov AQShning Yevropada RQM tizimlarini joylashtirganiga javoban Rossiya g‘arbiy yo‘nalishda havo-kosmik mudofaasini kuchaytirishga majbur bo‘lishini aytgandi.
Ozerovning aniqlik kiritishicha, gap Kaliningradda S-400 va «Iskander» majmualarini joylashtirish haqida bormoqda.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026