Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniya AQSh tarkibidan chiqishga doir harakatlarini boshladi
Kaliforniya mustaqilligi tarafdorlari shtat prokuraturasiga AQSh tarkibidan chiqishga doir referendum bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishdi. Bu haqida The Los Angeles Times nashri xabar berdi. Taklif tashabbuskorlari - Yes California harakati a'zolari.
Faollar ularning hujjatlarini «Calexit: Kaliforniya mustaqilligiga doir 2019 yil plebissiti» nomi ostida qayd etishni so‘rashdi. Ariza rasmiylashtirilganidan so‘ng ular referendumni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imzo to‘plashni boshlashlari mumkin bo‘ladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, 13 ming nafar ko‘ngilli referendumni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Vitse-prezident va harakat hammuassisi Markus Ruis Evansning izohlashicha, referendumni o‘tkazish kelasi yilning boshlariga rejalashtirilayotgan edi, biroq AQSh prezidentligi saylovlarida Donald Trampning g‘alabasi faollarning tezlashishiga sabab bo‘ldi.
Kaliforniya bo‘limi tarafdorlari ovoz berish jarayonini 2019 yilning 13 martida o‘tkazish mumkinligiga umid qilishmoqda. Shtat aholisiga birgina savolga javob berish taklif etildi: "Kaliforniya ozod, suveren va mustaqil davlat bo‘lishi kerak, deb hisoblaysizmi?". Faollarning qaroriga ko‘ra, shtat aholisining 50 foizdan ko‘prog‘i ovoz berish jarayonida ishtirok etsa hamda 55 foizdan ko‘prog‘i byulleten savoliga ijobiy javob bersa, referendum natijalari tan olinadi.
9 noyabr kuni Kaliforniya aholisi AQSh tarkibidan chiqishga doir kampaniyaga start berdi. Twitter'da #Calexit (California exit) xeshtegi ommalashdi. Kaliforniyaliklar o‘zlarining mustaqil davlatlarini tuzishmoqchi.
Kaliforniya — AQShning eng ko‘p aholi (deyarli 40 million kishi) yashaydigan shtati. U Tinch okeanining G‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan. Kaliforniya YaIM hajmi bo‘yicha mamlakat shtatlari orasida birinchi o‘rinda.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026