Jahon | 18:55 / 22.11.2016
14659
2 daqiqa o‘qiladi

Peskov «Iskander»larning Kaliningradga tashlanishini izohladi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonot berishicha, rasmiy Moskva NATO Rossiya chegaralariga yaqinlashayotgan ekan, o‘z chegaralarini mustahkamlashga majburdir. Bu haqda TASS agentligi xabar qilmoqda

U jurnalistlarning Rossiya Kaliningradda raketa majmualarini joylashtirayotgani haqidagi xabarga izoh so‘rab qilgan iltimoslariga shunday javob bergan.

«Rossiya NATO tomonidan uning chegaralariga ekspansiya qilinayotgan bir vaqtda o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘rmoqda. Alyans haqiqatdan agressiv blok hisoblanadi, shu boisdan, Rossiya zarur bo‘lgan barcha narsani amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, ushbu holatda, Federatsiya hududida har qanday kerakli choralarni ko‘rish bo‘yicha suveren huquqlarga ega», — degan Peskov.

Matbuot kotibi ushbu hududga mazkur qurollar majmualari joylashtirilganmi hamda ular u yerda doimiy asosda bo‘ladimi?, degan savolga javob bermagan. 

Bundan avval, AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi Rossiyaning Kaliningradga «Iskander» va S-400 raketa majmualarini joylashtirayotganini Yevropa xavfsizligiga rahna soluvchi harakat deya baholagan edi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid