Jahon | 09:55 / 22.11.2016
4515
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha bosh vaziri korteji Isroilda yo‘l-transport hodisasiga uchradi

Foto: © RIA

Isroilga tashrif buyurgan Polsha bosh vaziri Beata Shidloning kortejidagi avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berishi oqibatida 3 kishi yengil jarohat oldi. Bu haqda Isroilning "Kol Israel" radiostansiyasi ma'lum qildi. 

Radiostansiya ma'lumotlariga ko‘ra, bosh vazir jarohat olmagan, jabrlanganlar orasida isroillik politsiyachi va Polsha xavfsizlik xizmati xodimi bor. 

Yo‘l-transport hodisasi Quddusda yuz bergan. Yana bir jabrlanuvchi Polsha mehnat vaziri bo‘lgan, u shifoxonaga tekshiruvdan o‘tkazilgani yuborilgan.

Radiostansiya o‘z saytida voqea joyidan olingan suratni joylashtirgan. Unda oldi pachoqlangan va xavfsizlik yostiqchalari ochilgan politsiya mashinasi tasvirlangan.

22 noyabrda Shidloning hukumatlararo maslahatlashuvlarda ishtirok etishi, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashishi, ikki tomonlama hujjatlarni imzolashi hamda katolik cherkovida ibodatda qatnashishi va Xolokost qurbonlari yodgorligiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid