Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik militsionerlar Qirg‘izistonga chorvador va uning otlarini qaytarishdi
O‘zbekistonlik militsionerlar Qirg‘izistonga chorvador va uning otlarini qaytarishdi. Bu haqda Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligida o‘zbekistonlik hamkasblariga iqtibos keltirilgan holda ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, muzokaralar natijasida Qirg‘izistonning Aksiy tumanida yashovchi Akilbek Bo‘ronboyevni ozod qilishga erishilgan. Bo‘ronboyev bir oy avval O‘zbekiston chegarachilari tomonidan chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun hibsga olingan. U 24 ta oti bilan birga vataniga qaytarilgan.
Ma'lum qilinishicha, Jalolobod viloyatining chegaraoldi hududlarida 10 oy ichida 53 ot va 109 mayda shoxli chorva O‘zbekiston hududiga o‘tib ketgan. Ikki davlat mutasaddi idoralari vakillarining uchrashuvi va muzokaralari natijalariga ko‘ra, Qirg‘izistonga 49 ot va 109 ta mayda shoxli chorva qaytarib berilgan.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026